Baxtiyora

Собеседники
  • Content count

    410
  • Joined

  • Last visited

Everything posted by Baxtiyora

  1. Men o'qib hayron bolmpqdaman ba'zi bir narsalarni juda quyushqondan chiqib yozishyapti,forumdoshlarimizning ham oila a'zolarida ayollar bormikin?Chegaradan chiqmasdan chiroyli suhbat qursa bo'ladiku.
  2. To'xtab qolmasligi kerakda, bu farzanadlarimiz uchun,yo'ki tanish-bilishlarimiz uchun asqotib qolishi mumkinku. IELTS topshiradigan inson ingliz tilini ancha mukammal o'zlashtirgan bo'lishi kerak.So'z boyligi katta bo'lmog'i darkor. Ingliz tilida juda ko'p so'z yodlash kerak.Iloji bo'lsa inglizcha so'zlashadigan odam bilan gaplashib turishi kerak.Essaylarni bemalol berilgan temada yoza bilishilari kerak.Avvalo odamni o'zida bo'lishi kerak.Ukam topshirgandi 3yil oldin,faqat shu maktabda o'tilgan bilim darajasi bilan birinchi urinishda 5,5 oldi.Lkein biz qoniqmadik,chunki bu ball bilan o'zimizda ochilgan Singapurskiyga kirsa boladi,bamalol,lekin kontrakti 5000$,anchagina qimmatlik qiladi.Keyingi yili qattiq tayyorlandi,shu yonalish boyicha repititorga qatnadi,lekin domlasi ham siz shu bilim darajangiz bilan 7,7,5 olishiz kerak edi dedi,kim biladi.Keyingi yili 6 oldi.Hozir o'qiyapti.Odamni o'zidan bo'lmasa m,en bilmadim domla hech nima qilib bermaydi.Yoshlikdan poydevor yaxshi bo'lishi kerak.
  3. Yoq nega endi,eng yaxshi,kerakli mavzulardan biri ekan,nimaga to'xtab qoldi hayronman.
  4. Natijalar qanday,topdizmi domla,Yoki uje IELTSni topshirvolib biron joyga ketvordizmi?
  5. Yashash joyizda territoriya bo'yicha poliklinikada dispanser ro'yxatda turgan bo'lishlari kerak onangiz va albatta uchastka vrachi nazoratida.Kasalliklar xurujini oldini olish uchun o'grib qolmaslaridan oldin profilaktik davo yoziladi,qoidasi bo'yicha.Siz aytgan kasalliklarda albatta mahalla vrachining ishtiroki zarur.Sizga birinchi maslahatni ham,qaergadir uchrash kerak bo'lsa yo'llanmaniyam mahalla vrachi beradi.Boshqa joylarga borishdan oldin istasangiz ham istamasangiz ham mahalla vrachizga uchrashiz kerak.
  6. Bezovta qildi deb yozilgandi,o'qigzn bolsangiz
  7. Mana bo'larkanku,ahmoq ham tushunadigan qilib yozibsiz,ma'ni g'ij-g'ij.Xuddi shu kayfiyatda davom eting,molodes. :P
  8. Hamma asta sekin to'g'ri fikrlar aytishni boshladi.bolarkanku,albatta birga yashaydigan insoniz bilan fikr-mulohazalariz ham bir-biriga oxshash bolsa judayam zo'r.Sevgi yoq deydigalar onam oberdi deb o'ylamay uylanishadide,ko'chada boshqasini ko'rib oshiq bolib nima qilay sevib qoldim,xotinimmi onam obergandi sevmagandim deb aybni onaizorga ag'darib qo'ya qolishadi.
  9. Javobiz,uchun tashakkur. Siz qaysi shifoxonani maslahat berasiz?
  10. Assalomu alaykum Hurmatli Forumdoshlar. Suhbatlashmaganimiozga ham ancha bo'ldi.Bu forumda adashmasam,o'g'il-qiz farzandlari bor aka-ukalarimiz,opaxonlarimiz talaygina deb o'ylayman.Shu Alloh bergan farzandlarimizni ahli solih,ahli komil,bilimli,ilmli,hamma tomonlama yetuk komil inson bo'lib yetishmoqlari,Aziz Vatanimiz koriga yaraydigan vatanparvar inson bo'lib yetishmoqlari uchun nimalarga ko'proq ahamiyat bermog'imiz kerak.Bolani urib turish kerakmi yoqmi?Erkalatish kerakmi?Iloji bo'lsa hayotiy misollardan keltirib,fikrlarizni bildirsangizlar. Javoblar uchun oldindan tashakkur!!!
  11. Muhabbatim chamanidan tergan gulim, Mehr ila orzulardan ungan dilim. Oppoq tongda duolarga ochdim qolim, Bolajonim,armonim yoq baxting ko'rsam. Parvardigor,har qadamda yo'ling ochsin Juft farishta ostonangga rizqing sochsin. Duo qilay yuragingdan shayton qochsin, Bolajonim,armonim yoq baxting ko'rsam. Tog'im deya suyanganda to'zg'imagin, Bog'im deya ishonganda so'lg'imagin. Armon nima bilmagin sen,g'am ko'rmagin Bolajonim,armonim yoq baxting ko'rsam.
  12. Bolani urib,tarbiya shunaqa bo'ladi dewgan fikrga men aslo qoshila olmayman.Sabab, O'zim ham kaltak yeb katta bo'lmaganman.Ayniqsa qiz bolalar uchun Ona eng yaqin maslahatchi sirdosh dugonaday bo'lishi kerak deb hisoblayman.Agar siz aytganday qattiq jazolansa,bola Ota-Onadan sir bekitadigan bo'ladi. Bu narsa esa yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin Bu dunyoda ayniqsa bizning O'zbek xalqimiz bolam-chaqam deb yashaydi. Lekin siz aytgandaqa qattiq kaltaklash bilan emas,qandaydir boshqa jazo choralarini qo'l- lash mumkin.Dono xalqimizning juda chiroyli maqoli bor,ursa eti,so'ksa beti qotar degan. Ko'p kaltaklangan bolani ota-onaga mehri umuman bo'lmay katta bo'lishi turgan gap.Bunga juda ko'p hayotiy misollar keltirish mumkin. Ana shuning uchun kelinglar,dos'tlar kelajagimiz vorislari,farzandlarimizga tog'ri tarbiya beraylik,ularni jajji qalblariga,Vatanga mehr-muhabbat,sadoqat,Ota-Onaga,yaqinlariga mehr urug'ini ekaylik.Toki qarib bobo,buvilar bo'lganimizda shu farzandlarni kamolini ko'rish, Uylarni to'rida,dasturxonlari to'rida o'tirishlik nasib qilsin hammamizga.
  13. Oldin kattalardan eshitay deb odob saqlab o'zim yozmadim,keyinroq men ham aytib beraman albatta,qani kim boshlab beradi?Marhamat! :P
  14. Bu forumga siz va mendan tashqari juda ko'p insonlar tashrif buyuradilar.Kimlardandir,qandaydir yaxshi fikrlar chiqib qolishi mumkin.Bu forum ko'pchilikniki.Siz faqat e'tiroz bildirgani yozdizmi?
  15. Siz bu tuyg'uni boshdan o'tmagansiz,sizga nima ham ,sizni duo qip qo'yaman namozlarimda,sizga xuddi ertaklardagidek,oshiq bo'lishlikni,ana oshanda anglaysiz xato yozganizni,fikriz tamnoman o'zgaradi.
  16. Yoq nega endi yozishdan to'xtatadi.Hamma forumdoshlar o'z fikrini aytishlari mumkin.Sevdim kuydim deb aytilgan oh-vohlarni,hayot degan aravaga birga chiqqandan keyin isbotini berish kerak.Oilani moddiy ta'minlash faqat erni vazifasi deb tushunmiman.Issiq jon ,xudo ko'rsatmasin,biron bir falokatmi,yo'ki biron bir kasallikmi erga ilashsa ana unda nima qilmoq kerak?Haqiqiy munosabatlar ana o'shanda bilinadi.Bu haqiqiy muhabbatmidi,yo'ki sizni chon'tagizdagi pulizga sheriklik?Osh tayyor bo'lib suzilganda yeyishni hamma ham qoyillatadi.Bitta qoshnim kelin tushirdi,o'g'li turvoldi shu qizni olaman tamom deb.1-2-yil o'tmasdan kelin-kuyov bir-birni boshidan mag'zava to'kishni boshlashdi,hozir oila qurganlariga 7-8yil bo'lib qoldi lekin hali ham bu mojarolar tinchigani yoq.Albatta bu muhabbat emas. Azizlar muhabbatni isbotini birga ro'zgo'r degan aravani yuki yelkaga tushganda ko'ramiz.U siz aytgan o'ldim,kuydimlar quruq gap,arzimagan narsa uchun janjal chiqsa.
  17. Ortoqlar undfay emasde.,sizlar toza tuyg'ularni hafsga adahstiryapsizlarku,nahotki hech kim boshidan otkizmagan,ehhe
  18. Bu protestmi?Sizni mani farqandlarimni kelajagi tashvishga solmay qo'ya qolsin.Ajoyib ekansizu,SEVGIning nimasi sayoz?Siz forumda qaysi muammoli mavzuni ko['tarib chiqdingizu,hal qildingiz?Forum nima o'zi bilasizmi? Nimaga qizishasiz?Kim farzandini qaysi bog'chaga beradi,qanaqa maktabda oqitadi bu hammani o' zini ishi.Birovni fikri siznikiga to'g'ri kelmasa srazu janjal ko'tarish yaxshimas,o'qimay qo'ya qoling,boshqa mavzularga fikr bildiring,marhamat.
  19. Assalomu alaykum! Sevgi-muhabbat albata bor tuyg'u,Alloh-taolo faqat sevgan bandalarigagina nasib etilgan noyob tuyg'u.Agar sevgi bo'lmaganida shoirlar ham bo'lmasdi,qoshiqlar ham kuylanmasdi,Tojmahallar qurilmagan bo'larmidi.Faqat shu tuyg'uni asrab avaylab,uni umrini uzun qilish hammagayam nasibmas.Sevgi bu avvalo Allohga muhabbat,Ota-Onaga,aka-ukaga,opa-singilga,qarindosh uruqqa,boringki tug'ilgan ostonaga,ya'ni Vatanga muhabbat.Bu narsani hozir ko'p yoshlarimiz o'tkinchi havas bilan adashtirayotganlari hech kimga sir emas.Agar sevgi chin bo'lsa ,sizlar aytmoqchi oiladagi yetishmovchilik bo'lgan paytlarda er-xotin ikkovlon yelkama-yelka turib buni yengib o'tadilarAna shu narsa sevgi.U pul bolsa sevib,pul yoq bolsa qochasiganlar nomardlar xolos.
  20. Yoq nega endi,turmush qurganman,3nafar shirindan-shakar farzandlarning onasiman.Bu haqida talaygina adabiyotlarni ham o'qiganman,albatta.
  21. Hoy betamizlar,shu yozvotgan narsalarizni o'zalring alohida gaplashsalariz bomidimi?
  22. Sal g'alatiroqmisiz deyman,hazilga balo bormi,yo'ki kalaka qilyapsizmi?O'z farzandizni deb savol berdim,kerak kerakmas joyda yozvurarkande,kallaga gap keldi deb sal analiz qilmasdan.
  23. Odamlar,unaqamasde,kiryaposizlaru nima yozganikin deb o'qib indamay chiqib ketyapsizlar,xuddi shpionlarga o'xhsaysilaya tovba :P ,nima hammaga yoqadigan mavzu qoysayam hech nima yozmisila,yo'ki sevmaganlisila? Bog'ingdan gul termagan kim bor, O'n sakkizga kirmagan kim bor. Senga atab g'azallar yozib, Hamrohida astko'rsatib, Qoshni qizga bermagan kim bor... Forumdoshlar,fikr va malohazalaringizni kutyapman,davom etilar,iltimos!
  24. Sunnat qilish musilmonlarda shart narsa,lekin buni medisina nuqtai-nazaridan olib qaryadigan bo'lsak gigienik tomonlari ham bor.Salomatlik uchun muhim,ba'zi biz kasalliklarni ham oldini oladi.Sunnat kimni qildirmoqchisiz?O'g'ilchangiznimi?Qorqmasdan doktorga olib boring,novokainda anestiziya otkizib biz zumda bajarib qo'yadi.Bolajonni yoshi qancha kichkinaligida bajarsangiz bu amalni shuncha og'riq esida qolmaydi,osonroq bo'ladi.Bizni o'zbeklarda maktab yoshidan otmasdan qilinadi sunnat.
  25. Urf.odatlar bir chakkada qolib,haziul huzulga o'tib ketipsizlarku,juda ham go'zal urf-odatlarimiz bor,nega shular haqida yozmadilar?