Baxtiyora

Собеседники
  • Content count

    410
  • Joined

  • Last visited

Everything posted by Baxtiyora

  1. Qayog'dan topdiz bu maqolani,bu hammasi o'z fikriz bo'lmasa kerak.Bizni Mustaqil davlatimiz hali yosh,siz aytayotgan davlatlarni tashkil bo'lganiga nechi yil bo'ldi shu haqida oylab ko'ring.Hozircha hamma bola-chaqani o'qitay,uy-joy qilay degan vazifalar bilan band.Siz aytgan masalalarga ham navbat kelib qolar,musilmonchilik sekin-asta deyilganku,kutib turing hali sichqon-mushuklarga ham albatta yaxshi kunlar keladi.
  2. Xop,domboqqina demabman-a,shu semiz so'zini domboqqina deb o'qilar iltimos.Musilmonchilik gam asta-sekinda,kirillchada yoz dedila o'rganyapman qiyin bo'lsada. :P
  3. Akademiyaning 1-курсда укиб турган пайтим.Рус группада укийман,домлалар хам русий забон.Физ.воспитание дарсидамиз,стадионда 500метрга норматив топширяпмиз.Бу дарс кизларга алохида утилади.2тадан булиб югириляпти.Карасам группада 1та семиз киз бор эди,Куконлик Ира деган,унга талдиф килдим бирга югуришн,максад эса аник финишга ундан олдинрок келаман деб уйладим.Ира рози булди,мен ичимда хурсанд турибман. Старт берилди,югуришни бошдадик.Карасам семиз курсдошим мендан тез югураркан,нима килиш керак,Ира дедим,да деб каради,Владимир Иваноиич нас назад зовет десам,финишга етишга озгина колган одам оркага караб югуриб кетса буладими.Kим кузатиб турган булса кулавериб котишган.Домламиз жуда сипо одам еди,у киши хам гап нимадалигини эшитиб роса кулганди.Факат Иринани жахли чикканди озгина,кейин у хам колганларга кушилишиб кулганди. :P
  4. Тасаввур киляпман,шу темада фикр билдирган оталар хозир дарахт новдаларидан болажонларини ургани хивчин таййорлашяпти,
  5. :P Tavba qildim nega faqat jalolash haqida yozyapsilar endi,nima bizni millat farzandlarini faqat kaltaklash bilan tarbiyalanadimiYaxshi gap bilan tarbiyalab bo'lmaydimi?
  6. Hamma narsa o'z o'rnida yaxshi,kelajagimiz vorislari-farzandlarimiz tarbiyasi hazillashadigan mavzu emas.
  7. Nimaga shunday kerakli mavzuni hazil-mazaxga aylantiryapsizlar,tushunmadim.
  8. Temani nomini o'zidizmi,yaxshilab qaytadan qarang,behayo emas,qizxiqarli deyilgan.
  9. Yozmpqchi edim mavzuni ochganimdayoq,lekin endi hiringlashib o'tiramizmi degan gapni o'qib yaxshiyamki hech nima yozmaganim deb qoldim,a tak birontalaring eskilardan boshlavorilar manam yozaman.
  10. Nahotki bu tema hech kimni e'tiborini tortmadi,nahotki ko'rgan bilganlarizni yozmadilar?Man bu mavzuda hamma forumdoshlar fikr bildirishadi deb kutgandim.
  11. Yomon gap aytdimmi,hayronman
  12. Man yozgan resept bo'yicha,qozonga bor mehrizni berib qiling,qizaradi.Hamma gap piyozini kuydirvormasdan,qizartirib qovurishda.
  13. Nega hech kim yozmadi?
  14. Узр лекин менга лотинча осонрок,кириллда кийналаман. :P
  15. Assalomu alaykum Hurmatli forumdoshlar! Oshni bir necha turlarini qilishni bilaman.Lekin O'zbekistonda eng shirin,lazzatli osh anjannikiga yetmaydi,Qolgan viloyatlar vakillaridan uzr so'rayman,o'zim ham Andijonlik emasman.lekin Anjancha devzira palovni yemapsiz dunyoga kelmapsiz.Qanday tayyorlashni bir chekkadan yozaman. Ketadigan masalliqlar:devzira guruch 1kg, 05kg gosht,1-2ta qovur'ga,sariq sabzi 1kg,300gramm dumba,1-2dona piyoz,2,5choy qoshigida tuz,zira. Qozonni qizdirib to'g'ralgan yo'gni solamiz agar yo'g ko'proq qolsin desangiz olovni pasaytirib qo'yasiz,qozonga tushgan yog' koproq bo'ladi.Agar jizza yeymande desangiz olobni balandroq qilasiz,kamiga ozgina paxta moyidan qosh'vorasiz.Yog'imiz qizigandan so'ng qozonga birinchi suyakmi,qovurg;ami solamiz,qizarib chiqqandan keyin tarelkaga olib qoya'miz.Keyin piyozmi solamiz kapgirni kavlab qarab turamiz,piyozimiz kuyib ketmasligi kerak,lekin yaxshib qovurilishi kerak,kuyay,kuyay deb,to'g'ralga go'shtlarni solamiz,keyin sabzini,ustidan tuzni ,hammasini yaxshilab qovuramiz.Savzilari o'lgandan keyin suv quyamiz.Bu oshni mazali qiladigan narsa piyozni qovurish,va tomat,yoki pomidorsiz qizartirish,agar tomat sovorsangiz oshni ta'mi umuman o'xshamaydi. Masallig'imiz qaynab chiqqandan keyin zirani solamiz va 30-40minut milmilmmatib past olovda qaynatamiz. Guruchni tozalab,oqar suvda yuvib,qaynoq suvga ivitamiz,qaynoq suvda ivitilgan guruchda oshimiz yaltirab,chiroyli ko'rishishda bo'ladi.Guruchni ichiga,0,5 choy qoshigida tuz solib qo'yamiz.Guruchimiz ivib damlash payti kelganda guruchni ustida 0,5smcha suv bo'lsa yetadi.Suvini yaxshi tortib olsin deb qoshiqni orqa tomoni bilan teshikchalar hosil qilib qarab turamiz,oshni qaynab chiqqan joyidan qoshiqda olib tuzini ko'ramiz.Agar oshimizni tuzi past bo'lsa qozonni o'rtasi qaynamay turadi,shunga ahamiyat berish kerak,keyin oshimiz ola bo'p qoladi.Guruch suvini tortib bo'lgandan keyin guruchlarni o'rtaga gumbaz shaklida to'playmiz,va qoshiq bilan teshikchalar hosil qip qo'yamiz.Suvni tortib bo'lgan bo'lsa kapgirni orqa tomoni bilan oshni ustiga urib ko'rganimizda gup gup degan ovoz eshitiladi.Ana undan keyin dam tovoqni yopib,oshimizni damlashga qo'yamiz,Oshimiz 15-20minut dam yeydi. Reseptni yozyapanu o'zimni osh qilgim kelib ketti,Xudo hohlasa kechki ovqatga bizda shunaqa palov.Osh tayyor bo'lishiga oshxonaga kirsangiz qozoni qopqog'i ochilmasdan turib yoqimli hid tutib ketadi.Marhamat,yoqimli ishtaha,
  16. Aslida musiqani tili bo'lmaydi,yaxshi musiqa qaysi tilda bo'lishidan qat'iy nazar mazza qilib eshitadi odam. Nay navolaridan bahra olmaydigan odam topilmasa kerak.Dilxorojni eshitgandachi,shu musiqa sadosiga har qanday odamni oyoqlariyu,qo'llari o[yinga tushadi.Munojot,tanavor,andijon polkasi,qargalar uchsa qaraylik...ehhe bularni saanab adog'iga yeta olmaysan kishi.Men falonchini eshitaman deyomiman,chunki har bitta qoshiqchini elga tanitgan qo'shigi bor,zamonaviychasiga aytganda hit darakasiga yetgan,shularni hamma mazza qilib eshitgan o'z paytida.Kamoliddin Rahimov,Ortiq Otajonov.Yulduz Usmonova,Ozodbek Nazarbekov,Dilshod Ahmadshoh,ShuhraT Qayumov,Gulsanam,Mamazoitovalarning san'atini hurmat qilaman.
  17. Shu temir daftarni bori yaxshi ekan,ba'zi birovlar to'yonasini konvertga solib uztiga To'ylar muborak deb yozib tagiga ism;arini yozib qoldirgan ekanmosongina bildik,kimdanligini.Ko'pchilik konvertga solsayam ustiga yozmas ekan,kimdanligini bilomadik. To'ydan charchaganimizdan to'yonani qanchaligini analiz qilmadik,chunki to'yni hamma harajarlariyu,to'ydan keyingi tirikchilikka zahirani hisob-kitobini olib qo'ygandik.Lekin to'yona baribir yaxshi narsa ekan.Ayniqda birinchi to'yda bilinarkan. Demoqchimanki,to'yona olayotgan odam hammani ko'z oldida bergan toyonangizni sanamaydi,bilinmaydi ham ekan,ana shuning uchun to'yonani men aytganday qilib bersangiz maqsadga muvofiq bo'lar ekan.Yana kim biladi,balki e'tiroz bildiradiganlar ham topilib qolar.
  18. Qolgan mavzularda ham global masalalar hal bo'lib ketmayaptiku,endi qiziqarli voqealar bor edi ayatam deb turgandim,xuddi bog'zimga pichoq qadaganday bo'ldize,tovba ,yozmay qo'ya qoldim. Hiringlashmas,bu gurushglashib o'tiribmizda,niam qipti.
  19. Albatta fikrizga qo'shilaman,yo' zaring,bo'lsin ,yo'ki zo'ring degan maqol borku.Albatta bilimiga ishonganlardan ko'ra puliga ishongan odamlar ko'proq o'qishga kirgani harakat qiladilar.Ming afsuski shunday.Meni o'qishga kirishim juda ham ajoyib bo'lgan,maktabni tugatish arafasida o'qishga kirish haqida uydagi ota-onalarim bilan maslahatlashyapman.Bugun universitetga kirasan bo'pti degan onam,ertasiga univetsitetda 4-5yil yurasanmi, deb ruxsat bermadilar.To'ldirgan ma'lumotnomalarimni adreslari universitet deb yozilganligi uchun ha boptide deb med.kollejga topshirgani yangiladim.Afsuski,med,kollejga ham kirgani ruxsat berishmadi,yaxshi qizlar ota-onasi nima desa xop deydi,sovchilar kelyapti,xudo hohlasa to'y qilamiz deb qoldilar,tayyorlagan hujjatlarimni onam nima qilganlar bilmadim,yoq.Ana shundan keyin o'zimda qandaydir qat'iyat paydo bo'ladim endi institutga kiraman deb harakatni boshladim.Onam kategorichno qarshilar,tezroq to'y qilmoqchilar,dadam rahmatli bilan pichir-pichir qilib o'qish haqida gaplashamiz.Hullas,o'qishga hujjat topshirdim,boshqa viloyatga, (aytmoqchi institutimizning nufuzi ancha baland,ko'pchilik hujjat topshirgani ham cho'shishadi)faqat imtihonlarim kuni emas,mandat kuni ham oilamdan hech kim kelmadi meni podderjka qilgani,Oatm osha kunlarda kasal yotgan edilar.Mandat kuni men o'zim ham kechroq kepman,yuqori ball bilan o'qishga qabul qilingandim. Ana undan keyin,meni ortimdan singlimni o'qishini onam tarafdori bo'p qoldilar.Yaxshiroq taooyrlan,opangga oxshagin deb doim tergaydigan bo'p qoldilar.Menga ergashib singlim ham o'qishga kirdi. Turmush o'rtog'imni ham o'qishda topdim,kursdoshmiz.Xudoga shukur o'qiganimdan juda xursandman.Meni yaqinlarim hammalari o'z bilimiga tayanib o'qigan insonlar.Yoshlikdan hamma bilimlarni mustahkam egallab,men albatta ,o'qiyman degan odam o'z kuchi bilan kirishiga men ishonaman,puli bilan kiradiganlar men uchun ikkinchi darajali hisoblayman.
  20. Tovba erkaklarga mazza ekansa qaerga qarasang choyhona,Endi forumdayam choyhona deb tema ochdilaringmi?Buancha jiddiy tema shekilli-a moderatorlar op tashashmayapti?Moderatorlar o'zlari ham boradide shu choyhonaga.Osh,osh,hamma mazza sizlarga.
  21. Tovba,dasturxon degan bitta so'zni qanday yozilishi to'g'riligini bilish uchun alohida tema ochish kerakmidi? Va hamma bunga fikr bildirib o'tiribdi.Shunaqa temalar forumni obro'sini oshiradimi yoki tushiradimi?
  22. Men shu o'rinda aytmoqchiydim,hozir 21asrda yashayapmiz,hammamiz o'z tibbiy madaniyatimizni o'stirishimiz kerak.Internetda hamma narsa bor,sal mundoq medisinaga oid saytlarga ham kirib tursangiz o'ziz ham sal kam doktor bo'p qolasiz.Yo'ki har bir oilada bittadan medisina xodimi bo'lishi kerakmikin. Uzr medisinaga oid savolalriz bo'lsa mabodo,menga bemalol berishiz mumkin,qo'limdan kelgancha maslahar beraman.
  23. Astag'firilloh bu forumchilar qanaqa odamsizlar o'zi,bir yozasizlar 100tadan odam kopaysa toy'da bo'lmaydi deb,10-15ta odam bilan to'y qiladiganlar ham bor ichilarda. :wacko: To'yga tog'risi qancha to'yana berish bu sizni o'zizga bog'liq.Biz yaqinda to'y qildik ko'p qarindoshlar $100dan berishdi,euro berganlar ham bor,$30,$50 berganlar ham bor.Ming ko'ngildan chiqarib berganizda ham bu o'zbekchilik qurg'urda,siz to'y qilganda siz bergandan ozroq to'yona bersinchi o'sha qarindoshiz o'ziga ayta olmasangiz ham baribir bir oz bo'lsada jahliz chiqadi.Tak chto bu vaqtinchalik qarz berish,siz to'y qilganda ularga ham og'ir bkelmaydigan qilib el qatori,ya'ni qarindosh urug'larizdan oshirmasdan bering,Qurbiz yetsa $100,bo'lmasa $50 yetadi.Masalan,men to'yga kim qancha berganini yozib qo'yganman bilib bo'midida issiq jon.Qarindoshlarni ichida ham yaqinlari aka-uka,opa-singil deganlari boladi.Ulardan o'zlaridan so'rab ko'rsangiz ham bo'ladi,balki to'yni qaysidir tomonini siz ko'tararsiz,sizga navbat kelganda ular ham qarab turishmaydi.Xolis gap shu,undan ko'pi ko'p.
  24. Qolgan hamma mavzularda g'ij-g'ij ma'no va maqsad turibtimi?
  25. Assaomu alaykum forum ahli! Bu o'rinda xalqimizdagi bitta naqlni keltirib o'tmoqchi edim.Bo'ladigan bola 16da mahallaga bosh bo'pti.Bo'lmaydigani 40da ham yosh bo'pti.Bu savolga javob sizning o'zingizda,Siz uylanishga tayyormisiz?To'y bir kunda o'tadi ketadi,ana undna keyin boshlanadi haqiqiy hayot.Turmushning o'nqir cho'nqir yo'llari,mushtlari... Tevarak atrofingizga bir nazar tashlasangiz korasiz,ayrimlar o'zlari yosh bo'lishiga qaramasdan oilasini ham chiroyli tebratadi,Ayrimlar katta yoshda bo'lsa ham nuqul hayotdan nolib yashaydi. Ro'zg'or deb atalmish davlatning yukini tortishga sizga yelkama-yelka turadigan juftlik bo'lsa bu nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.Shu masalada o'zizga juft topishda yanglishmasangiz el qatori chiroly oila dunyoga keladi.Shu masalalarga ijobiy yechim topsangiz albatta to'yni boshlang,bizga ham taklif qog'ozi yuborishni unutmang.